Kelishuv yopildi: "Liverpul" yangi murabbiy uchun hujjatlarni imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
"Liverpul" va "Feyenoord" Arne Slotning Niderlandiya klubidan ingliz klubiga o'tishi bo'yicha barcha hujjatlarni imzoladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Arne Slotning "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida Yurgen Klopp o'rnini egallashi haqida rasmiy e'lon shu haftaga rejalashtirilgan. Oldinroq Slot "Liverpul"da ishlashga qiziqayotganini va klublar muzokaralar jarayonida ekanini tan olgandi.
Klopp “Liverpul”ni 2015 yilning oktyabridan beri boshqarib kelmoqda. Yil boshida nemis futbolchisi klubni tark etish va ta'tilga chiqish qarorini e'lon qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!