Xavi Serxi Roberto borasidagi qarorini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Serxi Robertoning kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Ko'k- anorranglilar" sardorining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
"Men Serxi Robertoning qolib, yangi shartnoma imzolashini istayman. Endi hammasi unga bog'liq. Klub va futbolchi Serxini olib qolishni xohlayotganimni bilishadi. Men uchun u har doim jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lib kelgan", - dedi Xavi yakshanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.
2023/2024 yilgi mavsumda Serxi Roberto 19 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va sheriklari uchun ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!