Isak Ibragimovichni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Angliya Premer-ligasining 35-turining so'nggi o'yinida (5:1) "Sheffild Yunayted" bilan o'yinda dubl qayd etgan "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak joriy mavsumda 19 ta gol urib, Premer-liga tarixidagi eng yaxshi shved to'purariga aylandi.
Shu tariqa, Isak "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning yutug'idan o'zib ketdi. U Premer-ligada bir mavsumda maksimal 17 ta gol urgan edi.
24 yoshli futbolchi o'tgan yozda "Real Sosedad"dan "Nyukasl"ga ko'chib o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, 23 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!