FIFA va UEFA may oyida Ispaniya federatsiyasiga qarshi sanktsiyalarni ko'rib chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
FIFA va UEFA may oyida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga qarshi mumkin bo'lgan sanktsiyalarni ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Marca.com
Bu 13-17 may kunlari Bangkokda bo'lib o'tadigan FIFA kongressida sodir bo'lishi kutilmoqda.
Avvalroq FIFA va UEFA Ispaniya jamoalarini xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu Ispaniya hukumatining Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi ishlariga aralashuvi bilan bog'liq.
Shu sababdan Ispaniya terma jamoasi Evro-2024'da ishtirok etmasligi, ispan klublari esa kelasi mavsumda evrokuboklarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!