"MYu" "Barselona" himoyachisiga 80 million sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" rahbariyati futbolchi uchun taxminan 80 million evro to'lashga tayyor.
"Mankunianliklar" so'nggi haftalarda Arauxoga qiziqishni kuchaytirdilar. Ronald transferga rozi bo'lishi mumkin, chunki "qizil iblislar" unga "Barselona"dagidan ko'ra qulayroq sharoitlarni taklif qilishga tayyor.
Himoyachining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!