Klopp: "Men uchun bu mavzu yopildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 35-turida "Vest Xem"ga (2:2) qarshi o'yinda Muhammad Saloh bilan bo'lgan epizod haqida gapirdi.
31 yoshli misrlik futbolchi 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Maydonga tushishdan oldin u Klopp bilan janjallashib qoldi. Futbolchini Darvin Nunes va zaxiradan maydonga tushgan Jo Gomes tinchlantirishga harakat qildi.
"Biz kiyinish xonasida gaplashib oldik. Men uchun bu mavzu yopildi", - dedi Klopp Sky Sports bilan suhbatda.
"Liverpul" (75 ochko) APL peshqadami "Arsenal"dan ikki ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinda qolmoqda, ammo "kanonirlar"ni bitta zaxira o'yini bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!