Messi qo'lga kiritilgan navbatdagi g'alabaga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jamoasining MLSning navbatdagi mavsumida "Nyu-Inglend Revolyushn" ustidan qozonilgan g'alabasi (4:1) haqida fikr bildirdi.
36 yoshli argentinalik futbolchi dubl qayd etdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"O'sishimizga yordam beradigan yana bir g'alaba", - deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqda.
Ushbu g'alabadan so'ng "Inter Mayami" 21 ochko bilan Sharqiy konferentsiyada birinchi o'rinda, "Nyu-Inglend Revolyushn" 4 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.
Joriy mavsumda Messi MLS muntazam mavsumida 7 ta o'yinda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!