Husayn Norchaev: «O'zbekiston xalqidan duo qilishda davom etishlarini so'raymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev U23 Osiyo kubogi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin haqida
— Kecha yaxshi g'alabaga erishdik. Xudoga shukr. Bu jamoamizning g'alabasi bo'ldi. Chiroyli o'yin bo'ldi. Bizni duo qilib turgan O'zbekiston xalqiga minnatdorchilik bildiramiz. Duo qilishda davom etishsin. Oldimizda yana muhim o'yinlar bor.
Indoneziya haqida
— Indoneziyani o'rganib boryapmiz. Murabbiylarimiz raqib haqida ma'lumot berishmoqda. Yarim finalda ham to'g'ri taktika tanlagan holda oldimizga qo'yilgan maqsad sari olg'a boramiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!