Badiiy gimnastika. Taxmina Ikromova Toshkentdagi jahon kubogida 2-o'rinni egalladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'tayotgan Jahon kubogi bosqichida o'zining dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Unga jamoa etakchisi Taxmina Ikromova mualliflik qildi. Hamyurtimiz ko'pkurash dasturida roppa-rosa 135 ball bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Endi u ertaga yakkalik yo'nalishidagi barcha mashqlarda (4 ta) o'tadigan final dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradi.
1. Darya Varfolomeev (Germaniya) - 135.95
2. Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 135.00
3. Boryana Kaleyn (Bolgariya) - 133.25
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!