Feliks baribir Xavini ishontira olmagan ko'rinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
"Barselona" rahbariyati "Manchester Siti"dan ijaraga olingan o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu va "Atletiko Madrid"dan ijaraga olingan vinger Joau Feliksni jamoada saqlab qolishga to'liq kafolat bermaydi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi bu futbolchilarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lsagina sotib oladi.
Shu bilan birga, "Barselona" Feliksdan ko'ra ko'proq Kanseluni jamoada olib qolishni istashi ta'kidlangan.
Qanot futbolchisi Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavida unchalik katta taassurot qoldirmadi, shuning uchun u 24 yoshli futbolchini asosiy o'yinchi sifatida emas, balki faqat qo'shimcha o'yinchi sifatida ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!