"Milan" "Aston Villa" himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
Italiyaning "Milan" klubi Angliya Premer-ligasi klub markaziy himoyachisiga ko'z tikdi. Sport nashri xabariga ko'ra, "rossonerilar" "Aston Villa" himoyachisi Diego Karlosga qiziqish bildirmoqda.
"Milan" rahbariyati braziliyalik futbolchining jarohat tufayli uzoq muddatdan keyin maydonga qaytib, ajoyib formaga kirib olganidan hayratda. Italiyaliklar yozgi transfer oynasida himoyachining transferini amalga oshirishga urinib ko'rishadi, biroq "Aston Villa" bu borada o'z pozitsiyasini bildirmadi.
Karlos avvalroq Ispaniyada "Sevilya"da o'ynagan, biroq 2022 yilning yozida "Aston Villa"ga o'tgan. 31 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!