Dovbikni Italiya klubi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Ukraina terma jamoasi va "Jirona" klubi markaziy hujumchisi Artem Dovbik Ispaniya chempionatidan Italiya A Seriyasiga o'tishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi. Neapolliklar klubi rahbariyati ukrainalik futbolchini Evropaning bir qancha gigantlari sotib olmoqchi bo'lgan nigeriyalik Viktor Osimxenga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Dovbikning "Jirona" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan, uning transfer qiymati 28 million evroga baholanmoqda. 26 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 30ta o'yin o'tkazib, 18ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!