“Jenoa” etakchisining narxi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Italiyaning “Jenoa” klubi o'zining eng yaxshi to'purari Albert Gudmundsson uchun narx belgiladi. Jamoa islandiyalik hujumchi bilan 40 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Manbaga ko'ra, Gudmundsson uchun asosiy da'vogarlar hozirda "Inter", "Yuventus" va "Tottenxem" klublaridir. Forvardning o'zi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni xohlaydi.
Italiya A Seriyasining ushbu mavsumida Albert 13 ta gol urdi. 26 yoshli Gudmundsson "Jenoa"da uchinchi mavsumini o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!