Gvardiola: "Barsa"ga ketmoqchi bo'lsang, eshiklar ochiq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silva bilan xayrlashishga tayyor.
Sport xabariga ko'ra, agar portugaliyalik futbolchi "Barselona"ga qo'yib yuborishni so'rasa, Gvardiola futbolchining yo'lida to'sqinlik qilmaydi. "Ko'k-anorranglilar" Bernardu uchun 60 million evro tovon puli to'lashga tayyormi yoki yo'qligi hozircha ma'lum emas. Yarim himoyachining o'zi kelasi yozda "Kamp Nou"ga o'tishga tayyor, ammo "Barselona"da bu kelishuv uchun etarli mablag' bo'lmasligi mumkin.
Angliya Premer-ligasining ushbu mavsumida Silva oltita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Bernardu "Manchester Siti"da 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!