"Liverpul" Slotni tarixdagi eng qimmat niderlandiyalik murabbiyga aylantiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slot Angliyaga ko'chib o'tishga tayyorlanmoqda. Biroz avvalroq ma'lum bo'lganidek, "Liverpul" 45 yoshli murabbiy uchun shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgan.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, mersisaydliklar Slot uchun "Feyenoord"ga taxminan 13-15 million evro to'laydi. Shu tariqa u tarixdagi eng qimmat niderlandiyalik murabbiyga aylanadi.
Arne Slot 2021 yildan beri "Feyenoord" safida ishlaydi. Rotterdamga ko'chib o'tishdan oldin u AZ boshqaruvchisi lavozimini egallagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!