Kimmixning transferi "Barsa"ga 30-35 million evroga tushishi mumkin, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Tayanch yarim himoyachi pozitsiyasini mustahkamlash Kataloniya grandining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biridir. Bosh murabbiy Xavi Ernandes Kimmixning iste'dodini yuqori baholaydi. 29 yoshli yarim himoyachi "Bavariya" bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti, amaldagi shartnomasi esa 2025 yilning iyunida yakuniga etadi.
Jurnalist Fernando Poloning fikricha, Kimmixning transferi “Barselona”ga atigi 30-35 million evroga tushishi mumkin, ammo futbolchining maoshi muammo bo'lib qolmoqda. Nemis yiliga 8 million evroga yaqin maosh oladi va “blaugrana”ga uning talablarini qondirish qiyin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!