U-23 Osiyo kubogi. Hamyurtlarimiz saudiyaliklarga imkoniyat qoldiramadi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
U-23 Osiyo kubogi chorak finalida Timur Kapadze shogirdlari Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bellashdi.
Ushbu uchrashuvda hamyurtlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'zbekiston — Saudiya Arabistoni 2:0
26 aprel 2024 yil. Doha, "Xalifa" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Gollar: Husayn Norchaev (45+2), Umarali Rahmonaliev (84).
O'zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne'matov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (s), 14. Abbosbek Fayzullaev, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo'riev.
Saudiya Arabistoni U-23: 2. Muhammad Vahib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al Gamdi (s), 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.
Chetlatish: Ayman 70.