"Ayntraxt" "PSJ" futbolchisini to'liq sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi "PSJ" hujumchisi Yugo Ekitikani sotib olish imkoniyatini faollashtirdi.
21 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan 2029 yilgacha to'liq shartnoma imzolangan.
Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, transfer summasi 16,5 million evroni tashkil qilgan. Avvalroq parijliklar ijara uchun 3,5 million evro olishgan va futbolchining kelajakdagi sotuvidan ham ma'lum foizga ega bo'lishadi.
Futbolchi fevral oyi boshida ijaraga olingandi. Bu vaqt ichida u 12 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!