"Jirona" himoyachisi uchun kurash jiddiy kechyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Angliya Premer-ligasining uchta klubi "Jirona"ning chap qanot himoyachisi Migel Guterresga ko'z tikishmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik himoyachini taklif qilishga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Vest Xem" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ushbu klublarning barchasi kelgusi mavsumda Guterresning transferi bo'yicha taklif kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 22 yoshli o'ng qanot himoyachisini 20 million evroga baholamoqda, ammo "Jirona" ko'proq talab qilishi mumkin.
Avvalroq, Guterresning transferiga "Bavariya" ham qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Migel joriy mavsum La Ligada bitta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!