APL o'z rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Premer-ligada 20ta jamoadan iborat mavsumda gol urish bo'yicha rekord o'rnatildi.
ESPN xabariga ko'ra, kechagi o'yinni inobatga olgan holda, ligada joriy mavsumda 335 ta o'yinda 1092 ta gol urilgan. Avvalgi rekord - 1084 gol bilan o'tgan mavsumga tegishli edi.
Agar har bir o'yindagi o'rtacha 3,26 gol davom etsa, mavsum yakuniga qadar Premer-ligada urilgan gollar soni 1329 ta bo'lishi kutilmoqda. Hozirda yana 45 ta o'yin bor.
Premer-liganing joriy mavsumida eng sermahsul jamoa 34 o'yinda 82 ta gol urgan "Arsenal" bo'ldi. «Sheffild Yunayted» eng ko'p gol o'tkazib yuborgan - 92ta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!