Rayt: "Agar Bruno bo'lmaganida, "Yunayted" bugungi kungacha etib kelmasdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Ian Rayt "Manchester Yunayted"ning "Sheffild"ga qarshi o'yinidan so'ng Bruno Fernandesh haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kecha "Manchester Yunayted" APLning 29-turi doirasida o'z maydonida "Sheffild Yunayted"ni mag'lub etdi (4:2). Portugaliyalik futbolchi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Menimcha, Bruno g'olib bo'lish kayfiyatiga ega. Nima deyishimizdan qat'iy nazar, uning gol urish kabi kamchiliklari bor, lekin u vaziyatlarni o'zgartirishga harakat qiladigan o'yinchi turiga kiradi.
Agar siz Brunoni «Manchester Yunayted»dan olib ketsangiz, biz rivojlanmayotgan futbolchilar guruhini ko'ramiz.
Agar u bo'lmaganida, "Yunayted" bugungi kungacha etib kelmasdi", – dedi Rayt.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!