De Bryuyne Fodenga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne fikricha, Fil Foden bir kun kelib yarim himoyadagi o'rnini mustahkamlaydi.
23 yoshli ingliz ko'pincha qanot hujumida, De Bryuynening o'zi esa yarim himoyaning markazida o'ynaydi. Belgiyalik futbolchining fikricha, Fodenda uning o'rnini egallash uchun zarur fazilatlar mavjud.
“Ertami kechmi u markaz futbolchisiga aylanadi. Men uni boshidan ko'rganman, lekin Pep (Gvardiola) jamoasida bu vaqt talab etadi. Hozir Fil markaz pozitsiyasiga borgan sari moslashib bormoqda. U bizga chempionlikni qo'lga kiritishda yordam beradi, u etti yildan beri shu ishni qilmoqda”, dedi De Bryuyne.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!