Marotta: "Indzagi – jamoaning etakchisi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10
Beppe Marotta "Inter"ning A seriyadagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Kecha "neradzurrilar" 33-tur uchrashuvida "Milan"ni mag'lub etib (2:1) muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. “Inter” 20-marta Italiya chempioniga aylandi.
"Biz bu unvonni bizdan uzoqdan nishonlayotgan va biz bilan birga bo'lolmayotgan prezidentimiz Stiven Chjanga bag'ishlaymiz.
O'zini nafaqat zo'r murabbiy, balki g'olib sifatida ham ko'rsatgan Simone Indzagiga hurmat bajo keltirish kerak. U bu jamoaning etakchisi", – dedi Marotta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!