Angliya kubogi reglamentiga o'zgartirish kiritiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Angliya kubogi reglamenti keyingi mavsumdan boshlab o'zgaradi.
BBC saytida xabar qilinganidek, musobaqada durang qayd etilgan taqdirda endi takroriy o'yinlar o'tkazilmaydi.
Bundan tashqari, 2024/2025 yilgi mavsumdan boshlab Angliya kubogining barcha bosqichlari dam olish kunlarida o'tkaziladi. Ilgari turnirning ayrim turlari hafta o'rtasida bo'lib o'tgandi. Qayd etilishicha, Angliya kubogi finali Premer-liga mavsumining so'nggi dam olish kunlarida bo'lib o'tadi.
Ushbu va boshqa o'zgarishlar Futbol assotsiatsiyasi va Premer-liga o'rtasidagi yangi olti yillik shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!