«Liverpul» Klopp o'rniga La Ligadan murabbiy topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
«Liverpul» Ispaniya chempionatidan yangi murabbiy taklif qilishi mumkin.
Todofichajes xabariga ko'ra, Bilbaoning «Atletik» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde ingliz top-klubining qiziqish doirasiga tushib qolgan.
60 yoshli mutaxassis 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadigan mersisaydliklar boshqaruvidagi Yurgen Kloppning o'rnini egallashi mumkin.
Valverdening basklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan. U 2022 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!