"Roma" De Rossi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Roma" matbuot xizmati jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi Daniele de Rossi borasida rasmiy bayonot e'lon qildi.
Poytaxt klubi rasmiy sayti xabar berishicha, de Rossi klub xo'jayinlari bilan yig'ilish o'tkazdi. Uning natijalariga ko'ra, Daniele kelasi mavsumda jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritishiga qaror qilindi.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassis Rim jamoasi boshqaruvida portugaliyalik yulduz Joze Mourino o'rnini egallagandi.
A Seriyaning 31-turidan so'ng “Roma” 55 ochko to'pladi va turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!