"Liverpul"ga boshqa Muhammad keladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Londonning “Vest Xem” klubi hujumchisi Muhammad Kudus yozda faoliyatini Angliya premer-ligasidan kuchliroq jamoada davom ettirishi mumkin.
Fichajes'ning fikricha, agar misrlik yozda faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qilsa, ganalik futbolchi "Liverpul"ga o'tishi va Muhammad Salohning o'rnini egallashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Kudus o'tgan yozda Amsterdamning “Ayaks” klubidan “Vest Xem”ga o'tgandi. Endilikda u chempionatda 28 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!