"Manchester Siti"ning "Real" bilan o'yinda so'nggi to'rt yillikning rekordini qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Manchester Siti" "Real" darvozasiga juda ko'p zarba yo'lladi, ammo yarim finalga chiqa olmadi. 1/4 final javob o'yinining asosiy va qo'shimcha taymlari natijalariga ko'ra, “shaharliklar" “qaymoqranglilar” darvozasiga 33 marta zarba berishdi, ammo tablodagi hisob 1:1 bo'ldi.
Madridliklar penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilishdi va Premer-liga gigantini turnirdan chiqarib yuborishdi.
Pep Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi pley-off o'yinida eng ko'p zarba yo'llash bo'yicha rekord o'rnatdi, 2020 yilda “Liverpul” “Atletiko” darvozasiga 34 marta zarba bergan edi. Aytgancha, o'sha qarama-qarshilikda ham madridliklar g'alaba qozongan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!