Manuel Noyer EChLda eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabonga aylanib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Bavariya" Chempionlar ligasi 1/4 finali javob o'yinida "Arsenal"ni mag'lub etdi (1:0). Myunxenliklar darvozasini darvozabon Manuel Noyer himoya qildi.
38 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyati davomida 58-marta evrokuboklarning asosiy turnirida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. U bu ko'rsatkich bo'yicha yangi rekordchiga aylandi.
Avvalroq bu rekord "Real" va "Portu"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli edi - 57 ta "quruq" o'yin. Uchinchi qatorda “Yuvertus”, “Parma” va “PSJ”ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon – 52 ta o'yin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!