Anchelotti EChL yarim finaliga chiqish borasida Gvardiola bilan tenglashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
Karlo Anchelotti jamoasini 10-marta Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi.
Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ni mag'lub etdi (1:1, penaltilar bo'yicha 4:3) va Chempionlar ligasining yarim finaliga yo'l oldi.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borgan turnirlari soni bo'yicha Pep Gvardiola bilan tenglashdi. Har ikki murabbiy o'z jamoalarini 10 martadan bu bosqichga olib chiqqan va bu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Shuningdek, Joze Mourino jamoasini 8 marta, Ser Aleks Fergyuson esa 7 marta Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!