"Arsenal" "Real" yarim himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappe transferidan so'ng o'z futbolchilaridan birini sotishi mumkin. Bu ish haqi fondiga mos kelish uchun amalga oshiriladi.
Teamtalk xabariga ko'ra, sotuvga qo'yilgan nomzodlardan biri yarim himoyachi Eduardo Kamavinga. Frantsiyalik yarim himoyachi xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda. "Los Blankos" yarim himoyachini 110 million evroga baholamoqda.
21 yoshli futbolchi 2021 yilning avgust oyida madridliklar safiga qo'shilgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!