Xvichani Evropa super klubi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Napoli" hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoasini o'zgartirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga Frantsiyaning "PSJ" klubi qiziqmoqda. Parijliklar Kilian Mbappe ketganidan keyin gruzin bilan hujumni kuchaytirmoqchi.
Neapolliklar Xvichani jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri deb bilishadi, ammo uni 100 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Joriy mavsumda Kvaratsxeliya Italiya chempionatida 28 o'yin o'tkazib, o'nta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xvicha va "Napoli" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!