Sane: "Arsenal" juda tajovuzkor hujumkor futbol o'ynaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14
Leroy Sane "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
9 aprel kuni jamoalar Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi chorak final uchrashuvini o'tkazishadi.
“Biz 90 daqiqa yaxshi o'ynashni istaymiz, buning uchun diqqatimizni jamlashimiz lozim.
Biz kuchli o'ynashimiz, nimaga qodir ekanimizni ko'rsatishimiz, fazilatlarimizni ko'rsatishimiz kerak. Uchrashuvda g'alaba qozonishni istaymiz.
"Arsenal" juda yaxshi jamoa, ular tajovuzkor hujumkor futbol o'ynaydi, lekin himoyada ham juda mustahkam.
Qiyin o'yin kutilmoqda. Biz jamoa sifatida kuchli tomonlarimizni ko'rsatishimiz kerak”, - deydi “Bavariya” vingeri Leroy Sane.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!