"Golden Boy" Bektemir Meliqo'zievning jangini rasman e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Avvalroq bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev 20 aprel kuni frantsiyalik Per Xuber Dibombega qarshi jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Bektemir hamkorlik qiladigan "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bokschimizning jangini rasman e'lon qildi.
Ushbu jang Nyu-York shahrida tashkil etiladi va DAZN orqali translyatsiya qilinadi. Unda Bektemir o'ziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, charm qo'lqop ustamiz shu kungacha prof boksda 14 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan (10 ta KO). Hisobida bitta mag'lubiyat bor. Xuber esa 23 ta jang o'tkazib, ularning 22 tasida g'alabaga erishgan (12 ta KO). Bektemir singari bir marotaba mag'lub bo'lgan.
Manba: O'zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!