«Milan» futbolchisi: «Zlatan menga katta yordam berdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
"Milan" hujumkor yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik Zlatan Ibrahimovichning unga bergan yordami haqida fikrini bildirdi.
"Jamoadagi ilk kunlarimda Ibrahimovich menga katta yordam berdi, u har bir uchrashuvni jamoa bilan o'tkazadi, o'yindan keyin kiyinish xonasida sizni kutadi, sizni ruhlantiradi, qo'llab-quvvatlaydi. U nafaqat o'yinlarga, balki mashg'ulotlarga ham keladi. Bunday ustoz va hatto muxlisga ega bo'lish - bu ajoyib", - deya Loftus-Chikning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, angliyalik yarim himoyachi avval "Chelsi"da o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!