Pochettino: «Men masxaraboz emasman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan (4:3) keyin o'z his-tuyg'ulari haqida fikr bildirdi.
“Ko'klar” 100 va 101-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga uch ochkoni tortib olishdi. Ikkala gol muallifi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etgan Koul Palmer bo'ldi.
“O'yindan keyingi nishonlashim? Men masxaraboz emasman. Men murabbiyman. Ehtiros bu chetda aqldan ozish emas. Men xotirjamlikni saqlashim va vaziyatni tahlil qilishim kerak, chunki men Evropaning eng yosh jamoalaridan birini boshqaraman. Albatta, o'yin oxirida his-tuyg'ular bo'ladi, lekin bu tsirk emas. Agar sizga masxaraboz kerak bo'lsa, uni boshqa erdan toping", - deya Pochettino so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.