APLda so'nggi 15 daqiqada gol urish bobida kim peshqadam?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Liverpul" APLda so'nggi o'yinning 15 daqiqaligida eng ko'p gol urgan jamoa.
APLning 31-turida “Liverpul” o'z maydonida “Sheffild”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. "Qizillar" safida Aleksis Mak Allister 76-daqiqada, Kodi Gakpo esa 90-daqiqada gol urishdi.
"Liverpul" joriy mavsumda so'nggi 15 daqiqada APLda 26 ta gol urdi - bu ligadagi boshqa jamoalardan kamida 10 ta ko'p.
Yurgen Klopp shogirdlari 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Arsenal"dan 2 ochko va "Siti"dan 3 ochko oldinda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!