«Chelsi» 2017 yildan buyon ilk bor APLda «MYu»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9
"Chelsi" 6 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta APLda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi.
"Manchester Yunayted" APLning 31-turida "Chelsi" mehmoni bo'lib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu “ko'klar”ning 2017 yilning noyabr oyidan beri APLda mankunianliklar ustidan qozongan ilk g'alabasi bo'ldi. Bu davrda jamoalar 12 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 7 tasida durang, 5 tasida “Manchester Yunayted” g'alabasi bilan yakunlangan.
"Chelsi" 43 ochko bilan Premer-ligada 10-o'rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" 48 ochkoga ega va 6-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!