Garnacho Ouendan keyin APLda bu natijaga erishgan ilk futbolchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
Alexandro Garnacho joriy mavsumda APLda uchinchi bor dubl qayd etdi.
"Manchester Yunayted" APLning 31-turida "Chelsi"ga safarda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mankunianliklar vingeri Alexandro Garnacho joriy mavsumda 3 marta Premer-liga o'yinida 2+ gol urdi va 1998/99 yilgi mavsumda Maykl Ouendan keyin bu ko'rsatkichga erishgan 19 yoshgacha bo'lgan birinchi futbolchi bo'ldi. Argentinalik futbolchida uchta dubl bor.
Premer-liganing joriy mavsumida Garnacho 28 o'yinda maydonga tushib, 7 gol va 3 golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!