"Arsenal" "Barselona" bilan raqobat qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Palmeyras"ning 16 yoshli hujumchisi Estevan London jamoasiga o'tishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Messino" nomi bilan mashhur futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “PSJ” va “Barselona” ham kurash olib borishmoqda.
Kataloniyaliklar braziliyalikni bir yildan ko'proq vaqt davomida kuzatib borishmoqda va uni qo'lga kiritish qiyin bo'lishini bilishadi, biroq ular futbolchining tomoni bilan bog'lanishda davom etishmoqda.
Estevanning o'zi "blaugranalar" safiga o'tishni xohlayotgani avvalroq xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!