Cherchesov terma jamoada ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Stanislav Cherchesov Ozarbayjon terma jamoasini boshqarishi mumkin.
Cherchesov bu lavozimga uchta nomzoddan biri, deb yozadi “Chempionat” vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.
Ozarbayjon futbol federatsiyasi hali murabbiyga taklif bilan chiqmagan, biroq uni nomzodlar ro'yxatiga kiritgan.
60 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi Vengriyaning "Ferentsvarosh" klubi bo'lib, u erda 2023 yilning iyuligacha ishlagan.
Avvalroq Cherchesov Rossiya terma jamoasini boshqargan, ungacha esa Polshaning “Legiya”, “Dinamo”, “Amkar”, “Terek” (hozirgi “Axmat”), “Jemchujina” va “Spartak” klublarida ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!