Meksikalik futbolchi sobiq jamoasiga qaytishni istaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Joriy mavsumda “Las-Palmas”da ijara asosida to'p tepayotgan “Barselona” himoyachisi Xulian Arauxo Kataloniya klubida o'z o'rniga ega bo'lish niyati haqida gapirdi.
"Men “Las-Palmas”dagi hamma narsadan mamnunman, ammo orzum “Barselona”ga qaytish.
Umid qilamanki, imkoniyatimni qo'lga kiritaman", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirdi ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabritsio Romano.
Arauxo va "Las-Palmas" o'rtasidagi ijara shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 22 yoshli futbolchining transfer qiymati sakkiz million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!