"Napoli" Osimxen o'rniga hujumchi tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi meksikalik hujumchisi Santyago Ximenes Italiya chempionatiga o'tishi mumkin. Hujumchining xizmatlariga "Napoli" qiziqish bildirmoqda.
Neapol klubi Evropa futbolining ko'plab gigantlari sotib olmoqchi bo'lgan nigeriyalik Viktor Osimxenga muqobil sifatida Santyago nomzodini ko'rib chiqmoqda. Ximenesning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
22 yoshli hujumchi Niderlandiya chempionatining joriy mavsumida 25 ta o'yin o'tkazdi. Ximenes 21 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!