Simeone Feliks borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone joriy mavsum “Barselona”da ijara asosida o'ynayotgan portugaliyalik hujumchi Joau Feliksning kelajagi haqida bir qarorga keldi.
Sport.es xabariga ko'ra, argentinalik mutaxassis o'z jamoasida forvardga joy ko'rmayapti.
Simeone klubdan portugaliyalikni yozgi transfer oynasida sotishni talab qilmoqda. Feliks "Barselona"da o'ynashda davom etishi mumkin.
Kataloniya klubi futbolchining to'liq transferini amalga oshira olmaydi, biroq uning ijara muddatini uzaytirishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!