Arauxo: "Mening orzum "Barselona"ga qaytish"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Joriy mavsumda “Las-Palmas”da ijara asosida to'p tepayotgan “Barselona” himoyachisi Xulian Arauxo Kataloniya klubida o'z o'rniga ega bo'lish niyati haqida gapirdi.
“Men “Las-Palmas”dagi hamma narsadan mamnunman, ammo orzum “Barselona”ga qaytish. Umid qilamanki, imkoniyatimni qo'lga kiritaman", - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirdi ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Fabritsio Romano.
Arauxo va "Las-Palmas" o'rtasidagi ijara shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 22 yoshli futbolchining transfer qiymati sakkiz million evroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 22 o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va to'rtta sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!