Pochettino: "Kutilganidan ham qiyin o'yin bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya kubogi chorak finalida "Lester" bilan o'yin (4:2) haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ha, kutilganidan ham qiyinroq bo'ldi. Agar birinchi bo'limda yaratgan barcha imkoniyatlarimizni golga aylantirganimizda, o'ylaymanki, o'yin 45 daqiqada yakunlangan bo'lardi. Lekin biz juda ko'p imkoniyatlarni boy berdik. Biroq, biz "Uembli"da bo'lishga to'liq loyiqmiz va endi u erga yana qaytamiz", - deya Pochettinoning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, "ko'klar"ning yarim finaldagi raqibi "Manchester Siti" bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!