Amorim: "Bu kecha biz uchun yaxshi o'tmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Kecha Evropa ligasi nimchorak finali doirasida "Sporting" "Atalanta" bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Portugallar ustozi o'yin haqida gapirdi.
"Bu kecha biz uchun yaxshi o'tmadi. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi va biz "Atalanta"ning jismoniy holatiga mos edik.
Birinchi bo'limda raqibning jarima maydoni ichiga kirish uchun aniqlik etishmadi. Biz raqibni ko'p jihatlarda ortda qoldirgandik.
Gol urilgan lahzalar vaziyatni o'zgartirdi. Biz o'yinning eng yaxshi pallasida ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Keyingi o'yinda kuchli bo'lamiz", – dedi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!