Suares: "Nunes – dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
“Liverpul”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Inter Mayami” klubi futbolchisi bo'lgan Luis Suares urugvaylik hujumchi Darvin Nunes haqida gapirdi.
"Ha, men uning golini ko'rdim ("Nottingem Forest"ga urilgan g'alaba goli). "Liverpul" va Darvin uchun juda xursandman.
Bugun u dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri", - deya Suaresning so'zlarini keltiradi Goal.
Joriy mavsumda 24 yoshli Nunes barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Forvardning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Angliya Premer-ligasining 2023/2024 yilgi mavsumida 27 turdan so'ng mersisaydliklar 63 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turishibdi.
Avvalroq Yurgen Klopp shogirdlari finalda Londonning “Chelsi” jamoasini mag'lub etib, Angliya liga kubogini qo'lga kiritgandi.