Postekoglu: "Verner hech qachon ishonishdan to'xtamadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21
"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu hujumchi Timo Vernerning yangi jamoasida urgan debyut goli haqida gapirdi.
"RB Leyptsig"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan nemis futbolchisi shanba kungi APL o'yinining 77-daqiqasida "Kristal Pelas" darvozasini ishg'ol qildi.
Uchrashuv “shporlar”ning 3:1 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi va Vernerning goli uchta golning birinchisi bo'ldi.
"Gollar barcha hujumkor futbolchilar uchun muhim. Bugun u umumiy hisobda yaxshi edi. U hech qachon ishonishdan to'xtamadi, u to'g'ri yo'lda edi va Jonsondan ajoyib assistni kutdi", - deya Postekogluning so'zlarini keltiradi BBC.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!