Vinisius: "G'alaba qozonishimni xohlashmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi o'yindan so'ng OAV bilan suhbatlashdi.
"Real" g'alaba qozona olmadi, bizning g'alaba qozonishimizga ruxsat berishmadi. Mening ikkita golim? Men dubl qayd etganimdan xursandman, "Real Madrid" uchun tarix yaratishda davom etishni istayman", - dedi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, o'yin “Mestalya”da bo'lib o'tdi va 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlangandi. "Real" so'nggi soniyalarda g'alabani tortib olishi mumkin edi, ammo uchrashuvning bosh hakami Jud Bellingemning golini bekor qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!